Qadoq. Uyqudan oldin oyoqlarni issiq suvga solib o‘tirish kerak. Quruq qilib artasiz. So‘ng qadoqqa limon po‘stini tortib bog‘lang. Uning sergo‘sht qismini ikkiga bo‘lib, qadoqqa bog‘lasa ham bo‘ladi. 4-5 kundan keyin qadoq yoqoladi.
Nevralgiya. Asab tizmining biror yeri kasallanishi yoki yallig‘lanishi natijasida kelib chiqadigan og‘riq. U xuruj qilganda tuxumni qaynatasiz. Keyin uni ikkiga bo‘lib, og‘riq bezovta qilayotgan joyga qo‘yasiz. Tuxum sovigach, og‘riq ham qoladi.
Holsizlanish va ishtaha yo‘qolishi. Bir nech kun davomida qirg‘ichdan o‘tkazilgan turp iste`mol qilasiz. Har safar yeganingizda, bir osh qoshiq suv ham ichasiz. Keyin xantal urug‘idan kuniga 20 tadan 30 donagacha suv bilan tavsiya qilinadi. Xantal urug‘i yangi, shu yil yig‘ib olingan bo‘lsin. Xantal oshqozon- ichak va boshqa kasalliklarda eng samarali vosita hisoblanadi. Biroq uni davolashni uzmasdan 20 va undan ziyod kunlar kunlar davomida iste`mol qilish kerak.
Anemiyaning shifosi. Anemiya xastaligi temir moddasi, B vitamini, foliy kislotasi yetishmasligi tufayli vujudga keladi. Asalda esa bu moddalarning barchasi mavjud. Shunday ekan, asal tarkibidagi vitaminlar muolaja jarayonini tezlashtirib, anemiyadan xalos bo‘lishga yordam beradi. Istisno tariqasida anemiya bilan kasallangan bir bemorda bu usul sinab ko‘rildi. 30 kunlik muolajadan so‘ng ma`lum bo‘lishicha, bemor gemoglabini 10-30 foizga oshib, oqqon hujayrasi va eritrotsitlar miqdori me`yoriga kelgan. Bosh aylanishi va charchoq yoqolib, yaxshi uxlaydigan bo‘lgan. Asalning qora navi bunday muolaja uchun ayniqsa, foydali. Chunki u mineral moddalarga juda boy. Davolash usuli.200 ml sutga 1,5 osh qoshiq asal solinib yaxshilab aralashtiriladi. 40-50 kun mobaynida kuniga 4 marta ichib turiladi. Anemiyaga qarshi davolanishning yana bir usuli quyidagicha: Bunda 20% qizil poycha, 15% yong‘oq bargi, 15% oq yasnotka ko‘kati, 25% oq tikanli karrak guli, 10% oq qayin bargi, 15% qalampirmunchoq bargidan qorishma tayyorlanadi. Hosil bo‘lgan aralashmadan biror idishga 3 osh qoshiq solib, ustidan 0,5 l qaynatilgan suv quyiladi va 40-60 daqiqa damlanadi. So`ng dokadan o‘tkazilib, unga 150 g asal qo‘shiladi va yaxshilab aralashtiriladi. Bunday sharbat kuniga 2 marta ovqatdan 30 daqiqa oldin 100 ml.dan ichib turiladi.
Hasharot allergiyasi. Allergiyani ko‘pincha qanotli hasharotlar- asalari va qovoqarilar keltirib chiqarar ekan. Odatda, aslari agressiv bo‘lmay, ko‘pincha bezovta bo‘lgandagina chaqib oladi. Uning ignasi garpun singaridir. Shu bois sanchilgach, qayta sug‘urolmaydi. Baxtsizlikni qarangki, “garpun” da zaxar bilan birg ovqat hazm qilish sistemasi joylashgan ekan. Shuning uchun asalari ko‘p o‘tmay halok bo‘ladi. qovoqari esa tabiatan hujumkor. Ayniqsa, yozda jazavasi tutadi. Ularning ignasi silliq. Badanga ham sanchilib qolmaydi.shu sabab bo‘lsa kerak, ular ketma- ket chaqish imkoniyatiga ega.
Allergiya belgilari: Ari chaqqach, teri qichishadi. Chunki hujayralar tanaga kirgan zaharga qarshi ayovsiz kurash boshlydi. Shuningdek, arizaxri yomon oqibatlarga ham olib kelishi mumkin. Masalan, u chaqqan joyda qizil shish paydo bo‘lib, 2 sutkada yanada yiriklashish ehtimoli mavjud. Bundan tashqari ich ketish, eshak emi toshish, qusish, rinit, ko‘ksov xuruji, anafilak shoki kabi holatlarni kuzatish mumkin. Shunday ekan, arilardan ham ehtiyot bo‘ling.
Ko‘zlarning zaiflashishi. Vaqtincha zaiflashgan ko‘rish qobiliyatini yaxshilash uchun quyidagilar foyda beradi.
1. Sog‘lom, biroq toliqqan ko‘zlarni tetiklashtirish uchun quyuq choy, shama, moychechak yoki shuvoq qorishmasini ko‘zga yaxshilab tortib bog‘lanadi.bundan tashqari asal ham ko‘zga yaxshi ta`sir qiladi (yarim stakan suvda bir qoshiq asalni qaynatish).
2. Ko‘z mushaklari uchun mashq: ko‘z soqqasini tepaga, pastga, yonga har kuni 30 martadan harakatlantiring. Bundan tashqari turli o‘simliklarni sovuq suvga solib ko‘zga 40 marta shapatilang. Bu qon aylanishini ta`minlaydi.
3. Qo‘ng‘ir na`matak gullari qaynatmasi bilan zaiflashgan ko‘zni yuvish.
4. Zanjabilni aroqqa solib ichish.
5. Kuchli asabiylashish oqibatida ko‘rmay qolgan yoki ko‘rish qobiliyati susayganda quyidagi xalq usuli ta`vsiya etiladi: tuxumni qaynatib, ikkiga bo‘linadi. Sarig‘ini olib tashlaymiz. So‘ng tuxum oqini issiqligicha ko‘z ustiga qo‘yamiz. Lekin tuxum ko‘zga tegmasligi kerak.
Tumov. Burun kovagi shilliq qavatini yallig‘lanishi o‘tkir va surunkali tumovga ajraladi. O‘tkir tumov odatda tomoqning qichishi, aksirish, burun achishi hamda quruqshab qolishidan boshlanadi. Ba`zan bosh og‘rig‘ bezovta qilib, darmonsizlik paydo bo‘ladi. Keyin burun balg‘amga to‘lib qoladi. U dastab toza, so‘ngra shilimshiq ko‘rinishga kelishini hamma biladi, albatta. Shilliq qavat shishgach, nafas olish qiyinlashadi. Ba`zan tumov burun bo‘shlig‘idagi o‘simta kasalligiga olib kelishi mumkin. O‘tkir tumovni shamollash, infektsiya, allergiya keltirib chiqarishi mumkin. Surunkali tumovda burunning doimiy oqishi kuzatiladi. Burunning shilliq qavati kattalashadi yoki ingichkalashib burun kovagi balg‘am qotishmalari bilan berkilib qolgach, nafas olish qiyinlashadi. Agar balg‘am chiriy boshlasa, qo‘lansa hidli tumov boshanadi. Buni hid bilmagani uchun bemorning o‘zi bilmaydi. Surunkali tumov sababchisi burun pardevorining buzulishi hamda burun kovagini kaallanishidir. Surunkali yiringi tumovning o‘ziga xos belgisi burun uchi qizarishi va qichishi hisoblanib, ensa, chakkada sanchiqli og‘riq paydo bo‘ladi. kasallik bemorning ko‘z va quloqlarida hamda uning ruhiy holatida aks etadi. Surunkali tumovga befarq qaramaslik kerak. Darrov shifokorga murojaat qilib, uni zudlik bilan davolashga kirishish lozim. Tumovni uy sharoitida davolashda quyidagi usullar ta`vsiya qilinadi. Tumov boshlanishi bilan darrov tovonga gorchichnik qo‘yib, maxkam bog‘lab tashlang. Keyin junli paypoq kiyib, uni iloji boricha ko‘proq saqlash kerak (odatta 1-2 soat).