TIGblogs TIG | TIGblogs GROUP TIGBLOGS LOGIN SIGNUP
aboykuziyev91's TIGBlog
aboykuziyev91's TIGBlog
Ro'zayi ramazon va hayit
Related to country: Uzbekistan


Hayitlar qadimiy diniy bayram bo'lib, ularning tarkibiga kirgan ko'pgina marosimlar islomdan oldin ham xalq taomilida bo'lgan. Islom ularni omuxtalab, o'z qonunlarini qo'shib, hayit-bayramlarining umrini uzaytirgan.
Hayitning ikki xili mavjud bo'lib, xalqimiz bu bayramlarga azaldan amal qilib keladi. Birinchisi-Qurbon hayiti,Katta hayit deb ataladi. Uning oldidan ikki kun qolganda, arafa kunlari nishonlanadi. Yolg'on arafa, 1 kun qolganda chin arafa, uchinchi kuni esa Hayit bayram qilinadi. Yolg'on va chin arafa kunlari har bir xonadonda is chiqarilib, chalpak, bo'girsoq, talqon, palov qilinadi. Qo'shnilar bir-birlarini Hayit bilan muborakbod etib, xonadonlarga pishiriqlar chiqaradilar. Bolalar va o'smirlar chopqillab yaqin-uzoq xonadon, qarindosh-urug'larni yo'qlashga borib-keladilar.
Kichik hayit bu Ro'zai may ramazon deb atalib, odatda ro'za oyi yakunida o'tkaziladi. Hayitlar Iydlar ham deb ataladi. "Hayitingiz muborak bo'lsin", "iydingiz qulluq bo'lsin" tabriklarining ma'nosi bir xildir. Katta hayit butun dunyo umumxalq marosimi-haj, ya'ni Ka'baga ziyoratga borib, haj nomozi o'qish davridan boshlanib, ayrim joylarda 7 kungacha bayram qilinadi. Bizning O'zbekiston, umuman, O'rta O'siyo xalqlari orasida Qurbon hayiti hozirgi kunlargacha nishonlanib kelinadi. Faqat bu marosim islom markazi arab mamlakatlaridagidek etti kun emas, balki uch kun bayram qilinadi. Qurbon hayiti-iyd-al-adho, ramazon hayiti-alfitr, me'roj-rajab oyi bayrami, shuningdek, imom Xusaynni xotirlash kuni-ashuro, taqdir kechasi-laylatul-qadr, Muhammad payg'ambarning tug'ilgan kunlari-Mavlud islom dinida asosiy hayit-bayramlar sanaladi. Qurbon hayiti zulhijja oyining 10-13 kunlarida (10-13 dekabr) tantana qilinadi. Ba'zi mamlakatlarda shu oyning 7 kuni, ya'ni haj boshlangan kundan 7 kun davom etadi. Ro'za hayiti esa ramazon oyi tugab , yani shavvol oyining 1-3 kunlarida bayram qilinadi.
Hayitning birinchi kuni saharda kattayu kichik jome masjidiga borib, bomdod namozi o'qiydilar. Gado-yu, beva-bechoralarga sadaqa beriladi. Qurbonlik qilib, is chiqariladi. Keyingi kunlari mozorlarga borilib, o'tganlarning ruhga duoyu fotiha qilinadi. Azadorlar esa to'n kiyib, belbog' bog'lab, do'ppi kiyib, marhumning uch kun davomida yo'qlovini o'rniga qo'yadilar.
Hayot kunlari oilaga shirinliklar, yangi kiyim-boshlar, kiyimliklar sotib olinib, bolalarga, ota-ona, bobyu buvilarga hadya qilinadi. Oilabosho ro'zg'orning kattadan-kichigiga sarmoya uchun o'ziga yarasha pul, chaqa ulashadi. Bu Hayit xarji deb nomlanadi. Mahallalarda, qishloqlarda, shahar joylarda yangi tushgan kelinlar borib ko'riladi. "Kelin ko'rdi" marosimlari o'tkaziladi.
Kichik hayit ro'za namozi bilan bo'gliq marosim bo'lib, bir oy tutilgan ro'za-parhezdan keyin shavvol oyining 1-3 kunlari bayram qilinadi. Bu bayram ham garchi nomi kichik hayit deb atalsa-da, xalq orasida juda katta marosim sifatida nishonlanadi. Ro'za nomozidan keyin bozor, mahalla, ko'chalarda tuxum, xo'roz, it, qo'chqor urshtirayotgan yosh-yalanglarni, masxarabozlik sahnalarini, dorbozlik o'yinlarini, savdo rastalari to'la bayram qandolatu holvalarini uchratishingiz mumkin. Ro'za ichi har kuni oqshomlari muayyan muddatda iftorlik "og'iz ochish" marosimlari o'tkaziladi. Bu ham o'ziga xos mehmondorchilik bo'lib, ro'zadorlar niyat qilib iftorlik berayotgan kishining uyida o'z ro'zalarini ochi, iftorlik luqmalarini tanovul qilishadi. Iftorchi ro'zaning savobiga sherik bo'ladi. Ro'zadorlar sahar turib, tamaddi qilib,"og'iz bog'lashadi". Ya'ni, kun davomida suv ichilmaydi, ovqat eyilmaydi. Umuman , hech nima iste'mol qilinmaydi. Bu kishilik a'zolarini, badanni o'ziga xos parhez qilish, bir oz tozalashga, davolashga qaratilgan tadbirdir. Roza kishi irodasini toblaydi, qanoat o'rgatadi. E'tiqodini mustahkamlaydi.
Bir oylik ro'zadan keyin g'arib, miskin kishilar, kambag'al, talabalar, gadolarga fitr ro'zalar, ya'ni, ro'za haqi, hadyasi beriladi. Bu hadyani har kim har xil : imkoniyatga yarasha, pul-chaqa bilan, un-non berib, kiymlik yoki sarpo bilan uzishi mumkin. Ko'ngildan chiqarib, xudo yo'liga chin ixlos bilan ehson qilingan narsa savob uchun qabul qilinadi.
Uch kunlik ro'zai may ramazon bayramlari oldidan ham oqshomlari gavjum bo'ladi. Ya'ni, ba'zan kattalar, ko'pincha bolalar to'p bo'lishib, qishloqlarda ramazon aytishadi. Ramazon ham xalqimizning qadimiy diniy marosimlaridan biri bo'lib, o'ziga xosligi bilan ajralib turdi. Ramazonda mash'ala yoqib olgan bolalar to'p bo'lishib, xuftonda har bir xonadon darvozasiga borib, ramazon aytadilar. Ramazon hayit qo'shiqlarinign jamlanmasining yoshlar tomonidan jo'r bo'ib, ijro etilishidir. Ramazonda xonadonma-xonadon yo'qlab, marosim qo'shiqlariaytiladi. Uy egalari ramazonchilarni siylab, ularga non, qand-qurs, kiyimlar, pul-chaqa berishlari mumkin. Ba'zi odam isi yoqmas, odamovi xonadon sohiblari ramazonchilar ustidan darvozaxona tomidan turib chelakda suv seoib yuboradilar. Ayrim hambo'ylar hazil-mutoyiba tarzida ham bu ishni qilishi mumkin.
Ramazon qo'shiqlarining turli-tuman matnlari folklorshunoslar tomonidan yozib olingan. Ular orasida ommalashganlari ham anchagina. Ramazon qo'shiqlari xonadonga yaxshilik, rizq-ro'z, o'g'il-qiz farzandlar, baraka-iqbol tilash, bu oyning muqaddas, xosiyatli, baxt keltiruvchi oy ekanligini madh etishga bag'ishlanadi. Insoniylik, o'zaro mehr-oqibat, olloh taolo oldidagi qarz, dunyoning bebaqoligi esga solinadi. Yaxshilik qilish, savob orttirish ulug'lanadi.
Ramazon aytib keldik eshigingizga,
Xudoyim o'g'il bersin beshigingizga!
Ramazon aytgan bilanto'yamizmi?
Qadimgi rasmimizni o'yamizmi?!
Har bir band aytilgan paytda guruhning barcha a'zolari: " Yo, ramazon"degan naqoratni takrorlab turadilar. Ramazonchi ijodkor bolalar har bir uy-xonadonning o'ziga moz jihatlarini yaxshi bilab, qo'shiq aytganlar. Xususan, bir oilaning serfarzandligi, aksincha ikkinchisining befarzandligi, boy-badavlat yoinki kambag'alligini albatta hisobga olishgan. Shu tomonlariga qarab, ramazon misralari tuzilgan:
Bu uyning tepasida oy ko'rinar
Bu uyning egalari boy ko'rinar
Yo, ramazon!..
Uy egalari ramazon tabrigi-she'riy misralardan xursand, eshiklarini ochib, bolalarga ataganlarini hadya qilganlar. Ramazonchilar tushgan hadya-ehson "mollarini" halfana qilib, turli taomlar pishirib eganlar.
Hayitlarning har ikkalasi ham odamlar o'rtasidagi mehr-oqibatni mustahkamlagan. Keksa-bemor, marhumlarni yo'qlash, ziyorat qilishning amaliy ibrat-namunasi bo'lib, yoshlarga beqiyos katta maktab vazifasini o'tagan.
Hayitlar ham Navro'z kabi xalqning qadimiy, udumiy bayramlaridir. Ular e'tiborga, mehrga ilhaq…

May 12, 2007 | 3:06 AM Comments  0 comments

Tags:
You must be logged in to add tags.


Boykuziyev Alisher's Profile

Boykuziyev Alisher's Friends


Latest Posts
Samarqandning go'zal...
Inson qo'lidan nimalar...
Xalq tabobati
Gulbadanbegim
To'maris

Monthly Archive
September 2006
October 2006
November 2006
December 2006
January 2007
April 2007
May 2007

Change Language


Tags Archive
baby_h

Filter By Type
News
Travel
Topics

Friends
Sharifa


20167 views
Important Disclaimer